<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Ruhan tirikman</title>
<lyrics>[V1]
 Xudoning Oʻgʻliga
 Boʻlgan imonim
 Kundan kun poklaydi
 Tanamda qonim.
 Bugun uygʻoq ruhim
 Uygʻoq vijdonim
 Oʻliklar ichida
 Tirikman bugun
 // Rabbim merosiga
 Sherikman bugun! //

[V2]
 Ikki dunyo aro
 Yashayabman chin
 Ruhning xuzurida
 Qurib olib in.
 Muqaddas qon bilan
 Yuvilib xar kun
 // Oʻliklar ichida
 Ruhan tirikman
 Rabbim ishlariga
 Boʻlay sherik man //

[V3]
 Olqishim toshadi
 Har tong dilimdan
 Hayot soʻzi yangrar
 Har tong tilimdan
 Bu bebaho boylik
 Yashiray kimdan?
 Oʻliklar ichida
 Ruhan tirikman
 // Rabbim merosiga
 Men ham sherikman //</lyrics>
<author>Ravshan Xizirov, Ulugʻbek Joʻrayev</author>
</song>